Saidumarni olti-etti yildan beri ko’rganim yo’q edi. Kabobxonada bir yarim soatcha o’tirib, miriqib gaplashdik. Maktabdoshlardan biri qizini uzatnbdi, birining o’g’li askardan qaytibdi, falonchi bobo, joyi jannatdan bo’lgur, o’tgan yili kuzda tom bosib qazo qilibdi, falonchi kelinoyi bo’lsa ikki bolasining ustiga... Ishqilib, bir dunyo xabar, naq borib kelganday bo’ldim qishloqqa. Yaxshi-yomon tanishlar qatori, Halim domlani so’rab qoldim.
— ... domla chatoq...— dedi Saidumar kabob chaknab turib.
— Ha, nima, kasalmi?
— Undan battar.
— Yo’g’-e, nima... qamoqdami?
— Yo’q... koshkiydi.