Mustaqillikdan keyingi o`tgan yillar davomida tarixchi olimlarimiz tomonidan Vatanimiz tarixini haqqoniy ravishda qayta yaratish va xalqimizga etkazish yo`lida juda katta, sermahsul ishlar amalga oshirildi. Vatan tarixini xolisona yaratish ishi davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, bu xayrli va sharafli ishga O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov bosh-qosh bo`ldilar.