Pedagogika va psixologiyada o`quvchining bilim olishga qiziqishini shakllantirish, motivatsiyasini rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur masalaning murakkabligi va ko`p jihatlarga bog`liqligi motivatsiya tushunchasining mohiyati, tabiati va tuzilmasiga ko`plab yondashuvlar mavjudligi, shuningdek, uni o`rganish (V.Bespalko, A.Zimnyaya, I.Zaxarova, A. Maslou, L.Stolyarenko, A.Rean, S. Rubinshteyn va boshqa) usullari ko`pligi bilan asoslanadi.