— Habilla aka, armiyaga ketasizmi? — deb so’radi kir-chir panjalarini tuproqqa tirab o’tirgan kichkina In`om.
Soyaboni uzun shapkasini orqaga surib, ustarada qirilgan boshini kafti bilan silab o’tirgan Habibulla yer ostidan unga qarab:
— Burningni art, loy bo’lib ketibdi, — dedi.
Habibulla jilmaydi. Unga qo’shilib atrofini o’rab, cho’nqayib o’tirgan «shaykasi» a`zolari xaxolab kulib yuborishdi.