...Quyosh ayni tikkaga kelgan. Undan taralayotgan nurlar qum zarralarini ayovsiz qizitardi. Qum barxanlari orasida horg’in o’rmalayotgan tuyalar ustida chayqalib ketayotgan ahli karvon yuzlarini oq surp matolar bilan yopib olishgan bo’lsalar ham o’zlarini tandir ichida turgandek his qilmoqda edilar. Ayniqsa, bugun qilt etgan shabadani ham yutgan quyosh zabtiga olib, go’yo karvonning bardoshini sinamoqchiday, pastga qarab hech og’ay demas, buning ustiga, karvonning yurishi ham unmayotgandi.