Soat oltiga yaqinlashib qolgandi va men basseyn yonida birpas o’tirib pivo ichgancha quyoshda toblanishga qaror qildim. Men barga kirib pivo sotib oldim va bog’ orqali basseynga jo’nadim. Bog’ ajoyib edi-bir tekis qilib qirqilgan o’tli sayhonlik, gullar, atrof esa palmalar bilan qurshalgandi. Shamol palmalar uchini silkitar, barglar shunga mos ravishda shitirlab ovoz chiqarardi. Basseyn atrofidagi baland soyabonlar ostida ko’plab erkak va ayollar o’tirishardi. Basseyn ichida esa uch-to’rt nafar yigit-qiz bo’lib, ular shovqin solgancha bir-birlariga katta rezina to’pni otib o’ynashardi.