Mamatning tepa sochi tik bo’lib ketdi. Nahotki odam qurib qolganday, kelib-kelib, ularga Banot ko’r qo’shni bo’lsa?! Bir qorindan talashib tushgan akasiga yomonlik qilib, eldan quvilgan xotin bularga tinchlik berarmidi?
Banotning akasi bultur to’y qilaman, deb qattiq yig’indi. Chavandozlar ko’pkariga bir-ikki kun oldin oti bilan kelishadi-ku, shuni hisobga olib, otlar uchun ozroq arpa g’amlagan ekan. Qurg’urni qayoqdan olgan – u biladi, xudo biladi. To’y kuni Banot atay rayondan militsionerni boshlab kelib, uni «tutib» beripti. To’y azaga aylandi. Akasi qulog’ini ushlab ketdi. Banot esa, mana … yuripti. Yurgani mayliya, odam quriganday, kelib-kelib, endi Mamatlarga devor-darmiyon qo’shni bo’lmoqchi! Rahima xolaning hovlisini sotib olmoqchi?! Gap shundaki, Rahima xola bola-chaqasi bilan ota yurtiga ko’chib ketyapti. Bu yerda bir emas, ikkita hovlisi bor. Sotamiz, deb ovoza qilishganiga ham ikki oydan oshdi. Arzonga bular ko’nmaydi,