— Yomonning kuchi men yapaloqqa yetibdi-da!.. H-ah, sag’irri haqqi ursin-a!
Tong sahargi bu alamli qarg’ishdan tim ichi oyoqqa qalkdi. Rasta ustida, ostida, qop-qanorga yonboshlab omonat uxlab yotgan keksayu yosh turshakfurush, yong’oq-furush, mayizfurush, iistafurush va hokazo furushlar uyquli ko’zi bilan apil-tapil yon-verini paypaslay ketdi, ko’ngli joyiga tushganlar birin-sirin oh chekayotgan juvon tevaragiga to’plana boshladi. Ham-dardlar ham topildi:
— Ko’p obdeme? — so’radi ulardan biri shang’illab.
— Qopni yarimlatib ketibdi, — deb piqilladi juvon,
— O’, xotintaloq!..
— Shu ayoldi mayizini yeguncha tili o’yilib tushsin-a.
— Nechchi qopidi, opoy? — chiyillab so’radi yana birovi.
— Bir qop... idi... yetimchalar nasibasidan qayirib opkelgandim.