O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy
rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi. Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini yuzaga ke ltirdi.
"Ta`lim to`g’risida" gi qonun, "Kadlar tayyorlash milliy dastur" hamda pedagogik texnologiya ta`limning maqsadi, vazifasi,
mazmuni, shakli, vositasi hamda printsiplarini tanlash birinchi darajali ehtiyotga aylandi. Boshlang’ich sinflarda ona tili ta`limi
bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularga erkin fikrlay olish, o`zgalar fikrini anglash, o`z fikrini og’ zaki va
yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a`zolari bilan erkin muloqotda bo`la olish ko`nikma va malakalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.