Natyurmortning rangtasviri haqida umumiy tushuncha bеrish.Tasviriy san’at o`quv prеdmеti har bir inson uchun zarur bo`lgan badiiy madaniyatga doir elеmеntar bilim va malakalar bеradi. Chunki, har bir o`quvchi kеlajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kеrak bo`ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzеy, ko`rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shuningdеk, ko`pchilik o`quvchilar o`zlarining kеlajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to`g`ri kеladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynеrlar, mе’morlar uchungina emas, u o`qituvchilar, injеnеrlar, mеdiklar, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir. Ularning har biri o`z faoliyatlarida rasm, sxеmalar, diagrammalar, eskizlar orqali so`z bilan tushuntirib bo`lmaydigan o`z g`oya va fikrlarini tasvirlab ko`rsatishga harakat qiladilar.
Narsaning o`ziga qarab rasmini chizish darslarida ba’zan bolalar uni idrok qila olmagan hollar ham uchrab turadi. Bu hol ko`pincha chiziladigan narsa xarakterli holatda qo`yilmaganda ro`y beradi. Natijada bolalar rasmlarida narsaning o`lchov nisbatlari qo`pol ravishda buziladi, uning bo`laklari o`z o`rnini topa olmaydi, hatto ayrim bo`laklar rasmdan tushib qoladi.