Arpa juda qadimiy ekindir. Arxeologik qazishmalar arpa dastlabki neolit davrida ekilib kelinganligidan dalolat beradi. D.R. Xarlan arpa miloddan 7000 yil avval ekila boshlanganligini tahlil qiladi. Hozirgi vaqtda arpa ekini dunyoning ko’plab mamlakatlarida: Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerika, Afrika, Avstraliya hududidagi ko’pchilik maydonlarda ekiladi va ekin maydoni jahon bo’yicha 67 mln ga atrofida bo’lib, bug’doy, sholi, makkajo’xoridan so’ng to’rtinchi o’rinda turadi. O’zbekistonda esa donli o’simliklar orasida ikkinchi o’rinda turadi [Bryansev N., 1960, Naydinov A.S, Lopatina L.M., 1991. №2 . –S.18-24.].