Kuzgi bug’doy – muhim qishloq xo’jalik ekinlaridan biri bo’lib, aholining non va non mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muhim o’rin tutadi. Kuzgi bug’doydan muntazam ravishda yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda ilg’or zamonaviy yetishtirish texnologiyalardan mukammal foydalanish alohida ahamiyatga ega. Kuzgi bug’doy har qanday tuproq sharoitida parvarish qilinmasin – boshoqli don ekinlari orasida tuproq unumdorligiga talabchan o’simlik hisoblanadi.