Makkajo’xori (Zea mays) dunyo dehqonchiligida ekiladigan asosiy qishloq xo’jalik ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning doni dunyodagi don balansida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Makkajo’xori xalq xo’jaligida juda katta ahamiyatga ega bo’lib, undan uzoq yillardan buyon insoniyat oziq-ovqat va chorva mollari uchun ozuqabop ekin sifatida foydalanib kelmoqda.