Ma’lumki, xalqimiz dasturxonini to’kin – sochin qilishda dukkakli-don ekinlaridan olinadigan mahsulotlarning munosib o’rni bor. Shuningdek, bunday o’simliklar xususan, no’xat, ko’k no’xat, soya, yasmiq, loviya va mosh tuproqda ko’p miqdorda biologik azot to’plash xususiyatiga ega (Hamdamov, Shukurullayev, Mustanov, Savkina 1991; Bobomuradov, 1995; Siddiqov, Monnopova, Saidov, 2003).
Gresiya va Rim davlatlari hududida eramizning bronza davrida ekila boshlangan. Bu davrda rimliklar no’xatning bir necha navlarini yetishtirganlar. Eramizdan oldingi IX asr boshlarida Buyuk Karl no’xatni barcha joylarda yetishtirish mumkin bo’lgan ekin deb atagan. XVII asrda Kalperer Nikolas no’xatni goroxga nisbatan to’yimli va shifobaxshligini tan olgan.