Tuproqni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkich uning element tarkibi bo’lib, u o’z navbatida tuproq unumdorligini belgilaydi [Voropayev V.N., Demidova A.N., Astaxov Yu.A., 2012; G’.Yu.Yuldashev, M.T.Isag’aliyev, 2014]. Tuproqning element tarkibi uning unumdorligini o’rganishda, undagi jarayonlarning yo’nalishini aniqlashda nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun tuproqning element tarkibini, ularning tarqalishi, migrasiyasini o’rganish dolzarb muammolardan hisoblanadi.