Hozirgi kunda mamlakatimizda istiqlol tufayli yuzaga kelgan yangilanish jarayoni tobora
kuchayib bormoqda. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosini olamshumul ishlar amalga
oshirilayotir, iqtisod, ma’naviyat va madaniyat jabhalaridagi islohotlar o`z samarasini
bermoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev bu yo`nalishlardagi yutuqlarni
ta’kidlab, haqli ravishda “avvalo, xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan
noyob merosni har tomonlama chuqur o`rganish, yurtimizdagi etishib chiqqan buyuk alloma va
mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yahlit tasavvur uyg`otish, yosh avlodni
gumanistik g`oyalar, milliy g`urur va iftihor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko`zda
tutilgan”1-degan edi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida milliy adabiy qfdriyatlarimizni
asrash, o`rganish izchil amalga oshirilib, ma’naviy tiklanish masalalariga jiddiy ahamiyat
berildi. Yaqin vaqtlargacha turli sabablarga ko`ra unutilgan yoxud kamsitilgan milliy an’ana
va qadriyatlarimiz, jumladan, madaniy-adabiy merosimiz o`zimizga qaytdi, uni milliy
istiqlol mafkurasi asosida xolis va haqqoniy o`rganish boshlandi. Shu merosning bir qismi
bo`lmish folklor asarlari milliy qadriyat sifatida badiiy tafakkurning har bir bosqichida
o`ziga xos o`chmas iz qoldirgan. Xalqning turmush tarzi, orzu-o`ylari, ruhiy olami va
intilishlarini aks ettirgan bu jarayonda, tabiiyki, folklor asarlarini yaratuvchilar va
kuylovchilar - baxshi, jirov, oqin va xalfalar ijodi etakchi rol o`ynagan.