O`ZBEK FOLKLORIDA XALFALAR IJODINING O`RNI

 O`ZBEK FOLKLORIDA XALFALAR IJODINING O`RNI
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Monografiya
Nashr etilgan yili:
2021
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2022-06-19 08:50:26
Hozirgi kunda mamlakatimizda istiqlol tufayli yuzaga kelgan yangilanish jarayoni tobora kuchayib bormoqda. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosini olamshumul ishlar amalga oshirilayotir, iqtisod, ma’naviyat va madaniyat jabhalaridagi islohotlar o`z samarasini bermoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev bu yo`nalishlardagi yutuqlarni ta’kidlab, haqli ravishda “avvalo, xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama chuqur o`rganish, yurtimizdagi etishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yahlit tasavvur uyg`otish, yosh avlodni gumanistik g`oyalar, milliy g`urur va iftihor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko`zda tutilgan”1-degan edi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida milliy adabiy qfdriyatlarimizni asrash, o`rganish izchil amalga oshirilib, ma’naviy tiklanish masalalariga jiddiy ahamiyat berildi. Yaqin vaqtlargacha turli sabablarga ko`ra unutilgan yoxud kamsitilgan milliy an’ana va qadriyatlarimiz, jumladan, madaniy-adabiy merosimiz o`zimizga qaytdi, uni milliy istiqlol mafkurasi asosida xolis va haqqoniy o`rganish boshlandi. Shu merosning bir qismi bo`lmish folklor asarlari milliy qadriyat sifatida badiiy tafakkurning har bir bosqichida o`ziga xos o`chmas iz qoldirgan. Xalqning turmush tarzi, orzu-o`ylari, ruhiy olami va intilishlarini aks ettirgan bu jarayonda, tabiiyki, folklor asarlarini yaratuvchilar va kuylovchilar - baxshi, jirov, oqin va xalfalar ijodi etakchi rol o`ynagan.

Дабавлено : 2022-06-19 08:50:26

Этот категорий

Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти

Бухгалтерский учет и аудит

Қарақалпақ тилинде теңлес еки компонентли фразеологизмлер oқыў - методикалық қолланба

Ижтимоий-маданий фаолиятда сценарийчилик

Озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш