Sotiboldining xotini og`rib qoldi. Sotiboldi kasalni o`qitdi — bo`lmadi, tabibga ko`rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko`zi tinib, boshi aylanadigan bo`lib qoldi. Baxshi o`qidi.Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so`yib qonladi... Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo`ladi. Bunday vaqtlarda yo`g`on cho`ziladi, ingichka uziladi.