Hozirgi davr o`zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning munosib o`rni bor. U 1956 yil 18 yanvarda Toshkeit viloyati Qibray tumanida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 1963—1973 yillarda Parkent qishlog`idagi 42-o`rta maktabda o’qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi. 1973—1978 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi.