G`iybat nima? G`iybatchi kim? Tuhmat bu birovni ayblash yoki qoralash maqsadida o`ylab chiqarilgan asossiz da’vo, bo`hton, ig`vo. Tuhmatchi bu birovlar ustidan tuhmat gaplar aytib tarqatib yuruvchi, bo`htonchi, ig`vogar.G`iybat bu birovni orqasidan yomonlab gapirish, fisq-fasod. G`iybatchi fisq-fasodni qo`shib-chatib, ko`pirtirib tarqatuvchi. Maqol: G`iybatchining ko`zi yo`q, tuhmatchining yuzi yo`q.«Izohli lug`at»imizdan keltirilgan izohlardan ko`rinib turibdiki, g`iybatu tuhmat, g`iybatchiyu tuhmatchi hammasi ham bir.