Vodil — anhorlaridan Shohimardon soyning zilol suvlari oqib o`tadigan, tog`lar orasida joylashgan so`lim go`sha — Zulfiyaxonimning yaxshi ko`rgan joylaridan biri edi. Shoiraning bolalarga atalgan "Bir bola bor oti Alisher" kabi bir necha she`ri Vodilda, vodillik Alisher ismli bola bilan tanishib, suhbatlashgandan keyin yozilgan.