O`zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, Ittifoq Davlat va Lenin mukofotlarining laureati G`afur G`ulom 1903 yil 1 mayda Toshkent shahrining Qo`rgontegi mahallasida mehnatkash oilasida tug`ildi. To`qqiz yoshida otasidan yetim qolgan G`afur avval eski maktabda, so`ngra rus-tuzem maktabida ta`lim oldi. U Oktyabr to`ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o`qituvchilik qildi.