Zamonamizning ko`zga ko`ringan shoirlaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Habibiy yangi davrda mumtoz she`riyatimizning eng yaxshi an`analarini rivojlantirdi. U o`z g`azallari bilan xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi. Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Qo`qon qishlog`ida kambag`al dehqon oilasida tug`ildi.