Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yili Farg`ona viloyati Quva tumani Soykeldi qishlog`ida kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi. Qishloq maktabini bitirib, o`qituvchilik qildi. Ulug` Vatan urushining dastlabki kunlaridanoq harbiy xizmatga chaqirilgan Ibrohim Rahim o`zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qildi. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherklar, hikoyalar, xabarlar yozdi.