Rivoyatda keltirilishicha, qadim zamonlarda bir ota o`z mamlakati podshosining bergan savollariga javob topolmay mulzam bo`lib qolibdi. Shunda unga yoshlikda ilm o`rganmay umrini besamar o`tkazib yuborganligi uchun og`ir jazo berilibdi. Bu xabarni eshitgan uning uch o`g`li podshoh oldiga arzi-dod qilib kelishibdi. Otasiga berilgan savollarga o`g`illarining o`zlari javob berajaklari, ular ham javob bera olmasa, har qanday jazoga ham tayyor ekanliklarini aytib iltijo qilishibdi.