Buxoro viloyatida 275,5 ming gektar sug’oriladigan maydon bo’lib, shundan 109,6 ming gektar paxta, 65,6 gektar g’alla, 21,0 ming gektardan ortiqroq maydonda bog’-tokzor, 33,5 ming gektar boshqa ekinlar va 45,4 ming gektari axoli tomorqalaridan iborat. Buxoro viloyati iqlimi – quruq, keskin kontinental bo’lib, yozi juda issiq, qishi mo’’tadil, ba’zan juda sovuq. Ob-havosining xaraktyerli xususiyatlardan biri shundaki, yil davomida juda kam miqdorda – 123-143 mm atrofida yog’ingarchilik bo’lib, qor qoplamlari o’z oq turmaydi. Yozgi iqlim juda ham quruq va issiq bo’lib, garmsellarning tez-tez esib turishi bilan farqlanadi. Respublikamizning sug’orib ekiladigan xar bir gektar maydonidan o’suv-amal davrida o’rtacha 1800 kubometr suv bug’lanishi aniqlangan bo’lib, shundan qariyb 94 foizi kundo’z i va 6 foizi kechasi bug’lanadi. Buxoro viloyatida esa bu ko’rsatkich taxminan 2000m³∕ga ni tashkil etadi.