Fan va texnikaning taraqqiy etishini ta’minlash tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan chambarchas bog’liq. Tabiiy resurslarni qayta ishlash jarayonida ishlab chiqarish korxonalarida asosiy ma’sulotlar bilan bir qatorda ko’p miqdorda chiqindilar ham hosil bo’lmoqda. Mazkur chiqindilarning asosiy qismi ishlab chiqarishning kimyo, oziq-ovqat, metallurgiya va qog’oz sanoatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda.