Baliqlar biosferada eng keng tarqalgan hayvonlar guruhlaridandan biri bo`lib ular yer shari dengiz va okeanlari shuningdek ichki suvliklarni to`liq ishg`ol etgan.
Bugungi kunda baliqlar yashaydigan O`zbekiston suvliklari asosan chuchuk suv havzalari bo`lib bularning ham ayrimlarida suvning sho`rlik darajasi dengiz suviga yaqinlashib qolgan. Lekin shunga qaramay respublikamiz hududida tarqalgan baliqlar nihoyatda turli-tuman suv muhitida yashashga moslashgan. Jumladan qora baliqga o`xshash turlar buloq suviga yashashga moslashgan bo’lsa, kumushtovonga o`xshash turlar suvida nihoyatda kam miqdorda kislorod bo`lsada bemalol yashay oladi.