Ta’lim-tarbiya nazariyasi kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq rivojlangan bilim. Insoniyat tomonidan yaratilgan tajribalarni yosh avlodga o`rgatish, ularni hayotga, mehnatga, kasb-hunarga tayyorlash, ma’naviy- axloqiy fazilatlarni shakllantirish, tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik qonuniyat sifatida rivojlangan. Ma’lumki, qonuniyat barqaror takrorlanadigan voqea va hodisalarning ichki bog`liqligi, asrlar bo`yicha tajribada sinalgan ilmiy kategoriya. Ta’lim-tarbiya jamiyatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishining muhim omili bo`lgan va shunday bo`lib qoladi.