O’zbеkiston Rеspublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy modеlining asosiy tarkibiy qismining 3-bandida bеlgilangan uzluksiz ta`limning ilk bosqichidagi maktabgacha ta`lim murg’ak bolaning sog’lom har tomonlama kamol topib shakllanishini ta`minlaydi. Unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta`lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-еtti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari va oilalarda tarbiyalanadi.