Tilimizning har tomonlama rivojlanishi bugungi kunda katta imkoniyatlar va yangilanishlarga yo`l ochmoqda. Bizga ma’lumki, hech bir fan o`zga fanlar bilan aloqasiz mustaqil taraqqiy eta olmaydi. Bugun tilshunoslik ilmiga yangidan-yangi terminlar kirib kelmoqda. Fizikaviy termin hisoblanuvchi “maydon” aslida fizik bodisa voqealanadigan yoki uning ta’siri paydo boladigan fazoga nisbatan qo’llanadi. Fanga ushbu terminni fizik Maykl Faradey olib kirdi va bir zaryadning maydoni ikkinchi zaryadga ta’sir qilishi, zaryaddan uzoqlashilgan sari elektr maydon zaiflasha borishini ilmiy asoslab berdi.