,,Tolerantlik`’ ya’ni bag’rikenglik tushunchasi ijtimoiy hayotning turli sohalarida jumladan, siyosat, madaniyat, iqtisod, sotsiologiya va boshqa ko’plab sohalarda qo’llaniladi. Lotincha ,,tolerare” chidamoq, sabr qilmoq, toqatli bo’lmoq ma’nolarini anglatgan ,,tolerantlik” so’zi asosan biror narsani , o’zgacha fikr yoki qarashni , o’z shaxsiy tushunchalaridan qat’iy nazar imkon qadar bag’rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi.Ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil, bir-birini to’ldiruvchi ma’no kasb etib, chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, o’zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish , himmatlilik, kechirimlilik, hamdardlilik kabi ma’nolarga ega.