O`zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy vazifasi – yuqori malakali mutaxassis – shifokorlarni tayyorlashdir. Bunday mutaxassislarni tayyorlash, organizmda moddalar almashinuvi, xususan lipidlar almashinuvi, ularning turli xil kasalliklarda o`zgarishi haqidagi to`liq tushunarli shaklda yangi o`quv adabiyotlarini yaratishga undaydi. Yog`lar odam va hayvon organizmining asosiy tarkibiy qismidir. U energetik material, membrananing tarkibiy komponenti, ayrim vitamin va gormonlarning o`tmishdoshi, almashinmaydigan yog` kislotalarning manbaidir. Uslubiy qo`llanmada norma va patologiyada lipid almashinuvining nazariy asoslari keltirilgan. Har bir mavzuni mustahkamlash uchun testlar, sxemalar, vaziyatli masalalar, lipidlar almashinuvining metabolitlarini aniqlash usullari berilgan.