ALT asosiy maqsadi - sifatni yaxshilash, moddiy xarajatlarni kamaytirish va loyihalash muddatlarini qisqartirishdir. Modaning almashib turishi, uning eng muhim fazilatlaridan biridir. Har bir yangi tavsiya etilgan kiyim modeli uchun baza asosi konstruktsiyasini yaratish birmuncha murakkab vazifa hisoblanadi. Ishni engillashtirish uchun tipoviy va baza konstruktsiyalardan foydalaniladi. Mazkur kursdan kiyim haqida umumiy ma`lumotlar; kiyim klassifikatsiyasi; kiyimga qo`yiladigan talablar; plastik anatomiya va antropometriya, kiyimni razmer jihatidan standartlash kiyim detallari chizmasini hisoblash va chizish, andazalar hosil qilish, kiyimni sanoatda loyihalash bosqichlari va boshqalar joy olgan.
Kiyimlarni konstruktsiyalash kursining asosiy maqsadi - "odam - kiyim - atrof-muhit" tizimida kiyimni loyihalash jarayonining mavjud va perspektiv usullarini yoritishdir. Kursning asosiy vazifasi inshakltika, chizmachilik geometriyasi, materialshunoslik, kostyum kompozitsiyasi,tikuvchilik mashulotlari texnologiyasi kabi fanlarga suyangan holda kiyimni zamonaviy loyihalash masalalarini ko`rib chiqishdan iboratdir.