Tanxozdaryo o`simliklar qoplamini hozirgi holatini har tomonlama o`rganish, floristik tarkibini tahlil qilish va ularning dinamik o`zgarishini tasvirlab berishdan iborat. Yuqorida ko`zlangan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ishlar rejalashtirildi va bajarildi;
-o`simliklar qoplami o`rganilayotgan mintaqaning tabiiy–geografik holati: relyefi, geomorfologik tuzilishi, dengiz sathidan balandligi, tuproq tiplari, ekologik omillar, iqlimi kabi holatlarini adabiyotlardan foydalanib o`rganish;
-ushbu tabiiy geografik holatni o`simliklar qoplamiga ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash va tahlil qilish;
-daryoning floristik tarkibi va tuzilishini aniqlash va o`simlik qoplamini o`rganish;
-daryoning o`simlik qoplamiga ta’sir etuvchi omillarning xillari va ularning ta’sir darajasini aniqlash;
-o`simliklar qoplamini xalq xo`jaligida qanday amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatish;