Ona tili fani boshlang`ich ta’lim uslubiyoti va tarbiyaviy ish mutaxassislari uchun asosiy poydevor fanlardan biridir.
Ona tili (morfemika, so`z yasalishi, morfologiya kursi) ning asosiy maqsadi morfemika haqida, morflar turlari. O`zak va affiksal morflar, ularning o`ziga ma’no va grammatik xususiyatlari, o`zak morf-so`zning bo`linmas leksik ma’noli qismi ekanligi, affiksal morflar, o`zak morfdan farqi turlari so`z yasovchi, shakl yasovchi, so`z o`zgartiruvchi morflar, farqli jihatlari, so`zning morfem tarkibidagi o`zgarishlar, affiksal morfemalarning ko`p ma’noligi, omonimligi, sinonimligi, antonimligi kabilar haqida ma’lumot bersa, so`z yasalishida esa so`z yasashning mohiyati, hozirgi va tarixiy so`z yasalishi, so`z yasalish usullari, so`z yasalish strukturasi, qisqartma so`zlar haqida olimlarning mulohazalari, so`z yasalish strukturasi bilan morfologik strukturaning mohiyati, farqlari haqida ham morfologiya so`z shakli yasalishi, so`z turkumlari, ularning har birining mohiyatiga oid ona tili fanining bir qismidir. Ana shular haqida talabalarni bilim asoslari bilan tanishtirish bu kursning asosiy maqsadidir.