Informatsion texnologiyalar: Web-sahifalar yaratish va ularni boshqa-rish bo`yicha o`quv qo`llanma iqtisodiy yo`nalishda zamonaviy infor-matsion texnologiyalar fani bo`yicha ta’lim olayotgan oliy o`quv yurtlari-ning talabalari uchun ishlab chiqilgan bo`lib, unda gipermatnlarni belgilash dasturiy tilining asosiy imkoniyatlari, tushunchalari, dasturlar tuzish qoida-lari va buyruqlari batafsil yoritilgan. Bir qancha amaliy misol va masalalarni yechish hamda tahlil qilish yordamida gipermatnlarni belgilash dasturiy tili imkoniyatlari orqali bajarila olinishi mumkin bo`lgan ishlar tushuntirilgan. Ushbu amaliy dasturlash tili bilan tanish bo`lmagan talabalar yoki unda ishlash tajribasi borlar uchun ham qo`llanmada keltirilgan ma’lumotlar foydali bo`lib, ularning malakasini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. Gipermatnlarni belgilash dasturiy tilida ishlash bo`yicha mavzularning ketma-ket berilishi va ma’nosi talabalarning o`rganilayotgan amaliy das-tur bo`yicha chuqur hamda atroflicha nazariy va amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan.
O`quv qo`llanma Toshkent Moliya institutiningn ilmiy-uslubiy Ken-gashi majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2009-yil 22-avgustdagi 5-sonli Kengash qarori).