Dars o`tish qulay va jonli bo`lishi uchun turli ko`rgazmali qurollar ishlab chiqamiz. Ulardan o`z vaqtida va o`rnida foydalanishga harakat qilamiz. Murakkab mavzuni o`quvchilar ongiga osongina etkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzak», «Interfaol», «Uyin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanamiz. Darslarda o`zimiz o`rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli foydalanamiz.