Mazkur uslubiy ko`rsatmada o`zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalarining «O`zbek adabiyoti tarixi» fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy uslubiy ko`rsatma va topshiriqlar, zarur adabiyotlar va internet manzillarida mavjud saytlar berilgan. Uslubiy ko`rsatma o`zbek filologiyasi fakulteti talabalariga mo`ljallangan.
Uslubiy ko`rsatma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi Ilmiy kengashi tomonidan 2004 yil 2 fevralda tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida hamda OO`MTVning «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to`g`risidagi Nizomi»ga muvofiq tuzildi.