XVIII asr Qashqadaryo vohasida yetishib chiqqan taniqli ijodkorlardan biri Salohiddin Salohiydir. Salohiy qalamiga mansub bo’lgan “Gul va bulbul” dostoni shoir ijodinig gultoji hisoblanadi. Chunki ijodkor bu dostonida o’zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, ramziy obrazlar orqali insoniy qadr-qimmat, mehr- muhabbat, oliyjanoblik g’oyalarini ilgari surgan.