Ma’lumki, mustaqillikka erishilgandan so`ng barcha sohalar qatori qishloq xo`jaligini, jumladan, bog`dorchilikni rivojlantirishga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu masalaning ko`tarilishi birinchi navbatda aholining meva mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, daraxtlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish, yangi serhosil navlarni yaratish, qolaversa, ilm-fan yutuqlarini amalda tadbiq etgan holda ish unumi va samaradorligini yaxshilashga qaratilgan.