Mamlakatimiz miqyosida elektron kutubxonalar yaratishga kirishilgan bo`lishiga qaramay, ularning rivojlanish darajasi oshishi uchun tashkiliy ta’minotni to`g`ri tashkil etilishi muhim sanaladi. Elektron kutubxonalarni shakllantirishda, rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqishda uning tashkiliy ta’minoti, shakl va uslublarini ishlab chiqish, O`zbekistonda mavjud axborot-kutubxona muassasalari boshqaruvi faoliyatini yengillashtirish, kutubxona jarayonlarini tez va sifatli amalga oshirishni to`g`ri yo`lga qo`yish, xodimlarning ish o`rinlari, vazifalarini to`g`ri taqsimlash va kutubxona ishini samarali tashkil etish dolzarb muommolardan biri hisoblanadi.