Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g’oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bo’lib kelmoqda. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalo, yoshlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni also unutmasligimiz lozim.