Serquyosh O`zbekistonimiz o`simliklar olamiga juda boy zamindir. Atrofimizni xilma-xil va ajoyib o`simliklar o`rab turganligini ko`rish mumkin. O`lkada asrlar davomida shakllangan o`simliklar dunyosi va unda mavjud o`simlik turlari ekologik muhit bilan o`zaro bog`liq bir butun, mutloq o`zgarmas sistemadan iborat.