Ishdan maqsad: Filtrlar tayyorlash va ulardan foydalanishni o’rgatish.
Suyuqliklarni qattiq zarrachalardan ajratish uchun, suyuqliklar filtrlanadi, ya`ni suyuqlik juda mayday teshikchalari bo`lgan materiallardan (filtrdan) o`tkaziladi.
Filtr suyuqlikni o`rkazib yuboradi, uning ichidagi qattiq zarrachalarni esa tutib qoladi. Filtrdan o`tgan, ya`ni qattiq zarrachalarda tozalangan suyuqlik filtrat deyiladi. Laboratoriyada ishlatiladigan filtr,odatda, qog`oz deb ataluvchi mayin qog`ozdan tayyorlanadi.
Filtr tayyorlash uchun kvadrat shaklidagi bir varaq filtr qog`oz olinib, oldin u ikki bukiladi (a), so`ngra to`rt bukiladi.
To`rt bukilgan kvadratning burchagi qaychi bilan yoy bo`ylab qiyiladi (b), qog`ozning bir qavati qolgan uch qavatidan barmoq bilan ajratiladi va konus hosil qilinadi (g).