Respublikamizning milliy iqtisodining hech bir tarmog’i samarali va mo’tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko’rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda iqtisodiyotimizning jadal rivoj topayotgani bois chet el korxonalari bilan hamkorlik qilish, yirik kompaniyalar mahsulotlarining kirib kelishi, xalqning texnik vositalarning oxirgi avlodi bilan ta’minlanishi ko’rinarli darajada sezilmoqda. Xususan, komp’yuterlar, noutbuklar, telefon apparatlari, turli xildagi dasturiy ta’minotlar shular jumlasidandir.
Xozirgi kunda Android bozori ancha rivojlanib bormoqda. Har oyda Android bozoriga chiqayotgan dasturlar soni ikki barobar ko’payishi, hamda juda ko’p Android uyali aloqa vositalari va planshetlarini ishlab chiqilishi yaqin orada bu rivojlanishni to’xtab qolishidan emas, balki aksidan darak beradi.
Bu rivojlanishlar orasida kompyuter texnologiyalariga qiziquvchan, yohud sohasi shunga yaqin bo’lgan har bir foydalanuvchi o’zining mobil aloqa vositasiga dastur yozishga qiziqib ko’rsa kerak. Android dasturlari Java dasturlash tili yordamida yozilib, dasturlash olamiga endi qadam qo’yayotganlar uchun nisbatan oson tildir. Agar sizda ham yangi-yangi g’oyalar bo’lsa va siz ularni boshqalar bilan baham ko’rishni hohlasangiz, u xolda Android bozor aynan siz uchundir! Keling, qanday qilib sizning Android operatsion tizimida ishlovchi birinchi dasturingizni yozishni o’rganamiz.
Android dasturini yozishdan avval u haqida ozgina ma’lumot berib o’tsak. Android dasturlari boshqa mobil aloqa vositalari uchun yozilgan dasturlar singari komp’yuterda yozilib, kompilyatsiya qilinadi va tekshirish uchun mobil aloqa vositasi (u hoh sizning telefoningiz yoki planshetingiz bo’lsin) ga yuklanadi. Agar sizda telefon ham, planshet ham bo’lmasa, unda komp’yuterni o’zida Android qurilmani emulyatsiya qilib, usha emulyator yordamida tekshirishingiz mumkin.
Hozirgi kunda jahon mobil telefonlar bozorining 75 % ini Android operatsion tizimi xizmalaridan foydalanib kelinmoqda.
Android - Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim boʻlib, Kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli
pleyerlar, qoʻl soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi.