Hоzirgi kunda Respublikamizdagi oliy o’quv yrtlarida «Informatika va ахborot texnologiyalari» yo’nalishi talabalariga o’quv rejasiga ko’ra turli хil dasturlash tillarini o’rgatish mo’ljallangan. Ular оrasida С++ tili o’zining imkoniyatlari va qo’llanilashi ko’lamiga qarab yuqori o’rinlarda turadi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko`p qo`shimchalarni o`z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob`ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.“C++ dasturlash tilini” o’qitishdan maqsad axborotni shakllantirish, saqlash, qayta ishlash, uzatishning asosiy printsiplarini o’rganish. Zamonaviy informatsion fikrlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Turli texnik bilimlarga oid masalalarni shaxsiy kompyuter yordamida hal etish yo’llari va usullarini o’rgatishdan iborat. zamonaviy umumta’lim fanlarining, xususan «C++ da dasturlash» tilini ko’p jihatlarini hisobga oluvchi modulli printsipi yangi modul elementlarini yoki modulning ichki strukturaviy o’zgarishini ularning mantiqiy butunligi saqlangan holda yangilash imkoniyatini beradi.«C++ da dasturlash» tili fani bo’yicha ta’lim berish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitishning zamonaviy vositalaridan foydalaniladi.
Fanni o’qitish semestrlari va uslubiy ko’rsatmalar. « C++ da dasturlash » fani 3 semestr davomida o’qitiladi.