Kompyuter axborot tizimlari mavjudligining dastlabki bosqichida ularni ishlab
chiqish an’anaviy dasturlash tillarida olib borilgan. Biroq, ishlab chiqiladigan
tizimlarning murakkabligi va foydalanuvchilarning talablari oshib borgan sari (bunga
hisoblash texnikasi sohasidagi progress, shuningdek, tizim dasturiy ta’minotida qulay
foydalanuvchining grafik interfeysi paydo bo`lishi ko`maklashdi) ishlab chiqish
muddatlarini sezilarli qisqartirishni ta’minlaydigan yangi vositalar talab etila
boshlandi. Bu dasturiy ta’minot sohasida butun bir yo`nalish - ilovalarni tez ishlab
chiqish uchun xizmat qiladigan instrumental vositalar yaratilishiga zamin
tayyorladi. Bu yo`nalishning rivojlantirilishi dasturiy ta’minot bozorida axborot
tizimlari hayotiy siklining amalda barcha bosqichlarini avtomatlashtirish vositalari
paydo bo`lishiga olib keldi.
Axborot tizimlarini ishlab