1.1 Kasb hunar kollejlarida “Hisoblash va mikroprotsessor texnikasi asoslari ” fanini o`qitishni o`rni va ro`li.
Mustaqilligimizning rivojlanish yo’lida borayotgan mamlakatimizning ta’lim tizimidagi e’tibori O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» Qonunining 3-moddasida o’z aksini topib, unda «Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi»- deb ko’rsatib berilgan.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsadi ham ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga ko’tarish, yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat.
«O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori darajada erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay olishi inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko’lami qanday bo’lishga bog’liq...». SHunday ekan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga umum ta’lim fanlarga qo’yilgan umumiy talablarda kasb-hunar ta’limi bitiruvchilari kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olishlari, zamonaviy