Yurtimiz ishlab chiqarish soxalarini axborotlashtirish, jamiyati rivojlanishining obyektiv jarayoni shu bilan birga zaruriy hisoblangan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, aloqa, tibbiyot, ta’lim va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini rivojlantirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-komuunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq. Axborotlashtirish – mehnat sifatini, yashash sharoitlarini tubdan o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan va jamiyatning barcha a’zolarini axborot bilan ta’minlash darajasini qo’llab-quvvatlovchi axborot vositalari hamda texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va umumqo’llash jarayonidir. Axborotlashtirishning zarurati axborotning qiymati va rolining keskis oshishi bilan izohlnadi. Axborot jamiyati axborotlarni saqlash, uzatish, jamlash, yaratish va qayta ishlash bo’yicha inson faoliyatini o’z ichiga olgan yuqori darajada rivojlangan axborot muhiti bilan tavsiflanadi.